Daryo

Robert Levandovski Bundesliga rekordini yangiladi

Levandovski rekordlarni yangilashda davom etmoqda

1 daqiqa o‘qish26 894 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: REUTERS

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Germaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan “Frayburg”ga qarshi o‘yinda (3:1) dubl qayd etdi.

Foto: Reuters

31 yoshli polshalik hujumchi uchun bu Bundesliganing joriy mavsumidagi 32 va 33-gollar bo‘ldi. Shu tariqa Levandovski Germaniya chempionatida harakat qiladigan legionerlarning gol urish borasidagi rekordini yangiladi.

Avvalroq uning o‘zi ushbu natijani takrorlagandi. Undan oldingi rekordni (31) esa Dortmundning “Borussiya” klubi sobiq hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang (2016/2017-yilgi mavsum natijasi) qayd etgandi.

Ma’lumot uchun, Levandovskining “Bavariya”dagi shaxsiy rekordi — 41 ta o‘yin 48 ta golga teng.

Levandovski 2014-yildan beri “Bavariya” safida to‘p surib keladi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilgacha mo‘ljallangan.

Mavzuga doir: 
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar