Daryo

Robert Levandovski nima uchun “Real”ga o‘tishni xohlagani ma’lum bo‘ldi

Levandovskining sobiq agenti polshalik futbolchi bir vaqtlar “Real”ga o‘tishni xohlagani haqida gapirdi

1 daqiqa o‘qish55 688 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskining sobiq agenti Sezari Kuxarski polshalik futbolchi faoliyatining ma’lum bir bosqichida “Real”ga o‘tishni xohlagani haqida gapirdi.

Foto: Getty Images

“Bavariya” bilan muzokaralarning ma’lum bosqichida Robert shartnoma imzolashni xohlamay qoldi. Buning o‘rniga u “Real”ga o‘tishni istagandi, chunki u yerda Ronaldu to‘p surardi.

Men uni katta klubda asosiy hujumchi bo‘lishi kerakligiga ishontirdim. “Real”da u ertami, kechmi Benzemaning o‘rnini egallagan bo‘lardi, ammo uning o‘sha paytdagi mavqeyini hisobga olgan holda, ikkinchi raqamli hujumchi bo‘lib boshqa klubga o‘tishiga yo‘l qo‘ymadim.

“Real”, “Arsenal” va “Manchester Siti” bilan bo‘lgan muzokaralarda ham xuddi shu gaplarni aytganman.

Levandovskiga faoliyatini “Bavariya”da yakunlashni maslahat bergan bo‘lardim. U bor e’tiborini “Bavariya”ga qaratishi va rekordlarni yangilashda davom etishi mumkin”, — deydi agent.

Ma’lumot uchun, Levandovski 2014-yilda “Borussiya D” klubidan Myunxenga ko‘chib o‘tgan. U joriy mavsumda Bundesliganing 28 o‘yinida maydonga tushib, 30 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan kelishuvi 2021-yilgacha amal qiladi.

Mavzuga doir: Robert Levandovski o‘z rekordini yangiladi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar