Daryo

O‘zbekistonda ichki turizm sohasida 200 mingdan ortiq kishini ish bilan ta’minlash mumkinligi ma’lum qilindi

Hokimlar va sektor rahbarlariga sayyohlar boradigan barcha obyektlar, mehmonxona va ovqatlanish shoxobchalarida karantin qoidalariga qat’iy amal qilinishini ta’minlash yuklatildi

1 daqiqa o‘qish25 798 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-iyun, seshanba kuni xizmat ko‘rsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Ma’lum qilinishicha, ichki turizm sohasida 200 mingdan ziyod aholini ish bilan ta’minlash mumkin. Shuningdek, turizmga xizmat qiluvchi umumiy ovqatlanish, transport, chakana savdo kabi yo‘ldosh tarmoqlarda yana ko‘plab ish joylari tashkil etiladi.

Mavzuga doir:  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun 1 trln so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari ajratiladi

Buning uchun har bir hududda imkoniyat ham, sayohatchilar diqqatiga sazovor joylar ham yetarli ekani qayd etildi. Misol uchun, Yangiqo‘rg‘on tumanida 16 ta dam olish maskanini tiklash hisobiga 1500 aholini, Bo‘stonliqda 10 ming o‘ringa mo‘ljallangan ko‘chma dam olish maskanlari tashkil etish orqali 8 mingga yaqin kishini ish bilan ta’minlash mumkin.

Mavzuga doir: Namanganda bir haftada 70 dan ortiq oilaviy mehmon uyi ro‘yxatga olindi

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi sayyohlik imkoniyatlaridan ham to‘la foydalanilmayapti. Xalq orasida ularni bilmaydiganlar, ko‘rmaganlar hali ko‘p.
Foto: Prezident matbuot xizmati

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga vazirlik, idoralar va hokimliklar bilan birga yangi ichki turizm marshrutlari ochish, ko‘chma dam olish maskanlarini ko‘paytirish, tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizmini taraqqiy ettirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Hokimlar va sektor rahbarlariga sayyohlar boradigan barcha obyektlar, mehmonxona va ovqatlanish shoxobchalarida karantin qoidalariga qat’iy amal qilinishini ta’minlash yuklatildi.

Eshlatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-iyundan “yashil” va “sariq” hududlarda ichki turizm o‘z faoliyatini qayta boshladi. Shuningdek, turizm sohasiga bir qator imtiyozlar va imkoniyatlar taqdim etildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda turizmning tiklanishi uch bosqichda amalga oshiriladi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar