Daryo

Tomoshabinlarsiz o‘tgan “Barselona” — “Malyorka” uchrashuvida maydonga muxlis yugurib chiqdi

Shundan so‘ng uni xavfsizlik xodimlari maydon olib chiqib ketdi

1 daqiqa o‘qish36 304 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Ispaniya La Ligasining 28-turidan o‘rin olgan “Malyorka” — “Barselona” uchrashuviga tomoshabinlar kiritilmagan bo‘lishiga qaramay, maydonga Argentina terma jamoasi libosini kiyib olgan muxlis yugurib chiqdi. Shundan so‘ng uni xavfsizlik xodimlari maydon olib chiqib ketdi.

Uchrashuv 4:0 hisobida katalon klubi foydasiga hal bo‘ldi. Mehmonlar safida gollarga Arturo Vidal, Martin Breytueyt, Xordi Alba va Lionel Messi mualliflik qildi.

Foto: Twitter
Foto: Twitter

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Barselona” ochkolari sonini 61 taga yetkazib olib, turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, “Malyorka” 25 ochko jamg‘argan holda 18-o‘rindan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab uch oylik tanaffusdan so‘ng Ispaniya chempionati qayta tiklandi. Uchrashuvlar esa ehtiyotkorlik yuzasidan tomoshabinlarsiz o‘tkazilmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar