Daryo

La Liga. “Barselona” safarda “Malyorka”ga javobsiz 4 ta gol urdi (video)

“Barselona” La Liga 28-turida “Malyorka” maydoniga safar qildi

1 daqiqa o‘qish48 654 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Goal

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 28-turida “Barselona” 13-iyun, shanba kuni “Malyorka” maydoniga safar qildi.

Foto: Goal

Koronavirus tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan keyingi ilk o‘yinni katalonlar o‘z foydasiga hal qila oldi. Uchrashuvning 2-daqiqasida Arturo Vidal hisobni ochdi. 37-daqiqaga kelib Martin Breytueyt mehmonlarning ikkinchi golini urdi.

79-daqiqada Xordi Alba hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Lionel Messi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Barselona” ochkolarini 61 taga yetkazib oldi va ushbu turda hali o‘ynamagan “Real”ni (56) besh ochkoga ortda qoldirmoqda.

Shuningdek, “Espanyol” “Alaves”ni qabul qilib, Bernardo Espinosa va U Leyning gollari evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Vilyarreal” esa Manuel Trigerosning 91-daqiqadagi golidan so‘ng “Selta”ni taslim etdi. “Leganes” o‘zida “Valyadolid”ga yutqazib qo‘ydi.

La Liga

28-tur bahslari

13-iyun, shanba

“Malyorka” — “Barselona” 0:4

Gollar: 0:1 – 2 Vidal, 0:2 – 37 Breytueyt, 0:3 – 79 Alba, 0:4 – 90+3 Messi.

“Malyorka”: Reyna, Sastre (Games, 46), Valent, Railyo, Kubo, Poso, Dani Rodriges, Sevilya (Salibur, 84), Pedrasa (Baba, 57), Budimir (Prats, 85), Ernandes (Lago Junior, 46).

“Barselona”: ter Shtegen, Arauxo, Pike, Serxi Roberto (Semedu, 71), Alba, Buskets (Artur, 71), de Yong (Firpo, 84), Vidal (Rakitich, 46), Breytueyt, Messi, Grizmann (Suares, 57).

Ogohlantirishlar: Vidal (42), Alba (73), Dani Rodriges (86).

“Espanyol” — “Alaves” 2:0

Gollar: 1:0 – 45 Espinosa, 2:0 – 47 U Ley.

“Selta” — “Vilyarreal” 0:1

Gol: 0:1 – 90+1 Trigeros.

“Leganes” — “Valyadolid” 1:2

Gollar: 0:1 – 2 Unal, 0:2 – 54 Alkaras, 1:2 – 84, penalti Oskar Rodriges.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar