Daryo

Qoraqalpog‘istonda qisqa tutashuv sabab Damas yonib ketdi

Mashina ichida ikki nafar yo‘lovchi bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish43 962 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

12-iyun kuni soat 11:44 da Qonliko‘l tumani hududidan o‘tuvchi G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu A380 avtomobil yo‘lida Damas rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma’lumotlarga ko‘ra, ichida ikki nafar yo‘lovchi bo‘lgan Damas avtomashinasini 29 yoshli A.Y. boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Yo‘lning 847-kilometrida avtomobilning dvigatel qismidagi simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in yuzaga kelgan.

Ta’kidlanishicha, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Qonliko‘l tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

IIV YHXBB barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasi texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishni va nosoz transport vositasini boshqarmaslikni so‘raydi.

Avvalroq Qamchiq dovonida haydovchining uxlab qolishi oqibatida Damas to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar