Daryo

Angliyaning eng ko‘p xarajat qiladigan futbol klubi ma’lum bo‘ldi

“Liverpul” bu ro‘yxatda 14-o‘rinda qayd etilgan

1 daqiqa o‘qish50 126 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: BBC Sport

Sunday World nashrining jurnalisti Kevin Palmer Transfermarkt portalidagi ma’lumotlardan foydalangan holda Angliya klublaring so‘nggi besh yildagi sof xarajatlar reytingini tuzdi.

Foto: BBC Sport

Unga ko‘ra, ro‘yxatni 601 million funt sterling sarflagan “Manchester Siti” boshqarmoqda, ikkinchi o‘rindan “Manchester Yunayted” (484 million funt sterling) joy olgan bo‘lsa, Londonning “Arsenal” klubi kuchli uchlikni yakunlagan — 267 million funt.

Ta’kidlash joizki, APL peshqadami va 2018/19-yilgi mavsum Chempionlar Ligasi g‘olibi “Liverpul”ning so‘nggi besh yil ichidagi xarajatlari 107 million funt sterlingga teng bo‘lgan, bu ingliz klublari orasida 14-ko‘rsatkichdir.

So‘nggi besh yilda eng ko‘p xarajat qilgan ingliz klublari:

1. “Manchester Siti” — 601, 98 million funt sterling

2. “Manchester Yunayted” — 484,88

3. “Arsenal” — 267, 88

4. “Everton” — 225, 42

5. “Brayton” — 214, 86

6. “Vulverhempton” — 205, 22

7. “Vest Hem” — 187, 49

8. “Bornmut” — 176, 95

9. “Aston Villa” — 166, 65

10. “Uotford” — 125, 69.

Angliya chempionatining 29-turidan keyin “Liverpul” 82 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Manchester Siti” esa 57 ochkosi bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Musobaqalarga 17-iyundan restart beriladi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Liverpul” Britaniyaning eng mashhur klubi deb tan olingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar