Daryo

Buyuk Britaniyaning eng mashhur futbol klubi aniqlandi

Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibini futbolga qiziquvchi britaniyaliklarning 8,3 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda

1 daqiqa o‘qish62 550 ko‘rishlar0 izoh0

“Liverpul” klubi Buyuk Britaniyaning eng mashhur klubi nomini qo‘lga kiritdi. Bu haqda YouGov-FootballIndex ma’lumotlarni taqdim etdi.

Foto: Getty Images

Unga ko‘ra, Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibini futbolga qiziquvchi britaniyaliklarning 8,3 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda. Ikkinchi o‘rindan “Manchester Yunayted” joy olgan, klubga mamlakat aholisining 6 foizi muxlislik qiladi. Taxminan, 3,1 foiz Londonning “Chelsi” klubiga ishqibozlik qiladi. Premyer Liganing amaldagi chempioni esa “Manchester Siti” 4—5-o‘rinlarni “Arsenal” bilan baham ko‘rmoqda (2%).

Buyuk Britaniyaning eng mashhur jamoalari o‘ntaligiga shuningdek, “Tottenhem”, “Vulverhempton”, “Nyukasl Yunayted”, “Everton” va “Aston Villa” kirgan.

Angliya chempionatining 29 turidan so‘ng 82 ochko to‘plagan holda “Liverpul” turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi pog‘onadan “Manchester Siti” 57 ochko bilan o‘rin olgan. Premyer Liga o‘yinlariga 17-iyun kuni 28-turning qoldirilgan o‘yinlari bilan restart beriladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar