Daryo

Kann kinofestivalining 2020-yilgi dasturi e’lon qilindi

Dasturdan 56 ta film o‘rin olgan bo‘lib, ular boshqa festivallarda namoyish etiladi

1 daqiqa o‘qish23 940 ko‘rishlar0 izoh0

Kann kinofestivalining saralash qo‘mitasi 56 filmni o‘z ichiga olgan 2020-yil uchun rasmiy dasturini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Meduza.

Dasturda Ues Andersonning “Fransiyalik dispetcher”, Fransua Ozonning “85-yilning yozi”, Tonas Vinterbergning “Yana bittadan”, Frensis Lining “Ammonit”, Stiv Makkuinning “Boltacha” mini-seriali, Pit Dokerning “Qalb” multfilmi o‘rin olgan. To‘liq ro‘yxat kinoforum saytida e’lon qilingan.

Koronavirus pandemiyasi tufayli Kann kinofestivali 2020-yilda o‘tkazilmaydi, biroq dasturdan o‘rin olgan filmlar kuzda boshqa festivallarda namoyish etiladi. The Film Stage’ning qayd etishicha, ushbu filmlar avval reajalashtirilganidek Venetsiya kinofestivalida ko‘rsatilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kann kinofestivali 12-23-may kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo karantin sabab vaqtinchalik qoldirildi. Tashkilotchilar festivalni iyun oxirida boshlanib, iyul oyining o‘rtalariga qadar davom etishini taxmin qilgandi. Biroq Fransiyada joriy etilgan favqulodda holat rejimi eng kamida 10-iyulgacha uzaytirildi. Shuning uchun kinofestivalni kuzda o‘tkazishning ham imkoni bo‘lmaydi. Tashkilotchilar Kann kinofestivalini virtual tarzda o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamagan. Mazvuga doir: 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar