Daryo

2020-yilda Kann kinofestivali o‘tkazilmaydigan bo‘ldi

Koronavirus pandemiyasi tufayli Fransiyada joriy etilgan favqulodda holat rejimi eng kamida 10-iyulgacha uzaytirildi

1 daqiqa o‘qish21 148 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Nufuzli Kann kinofestivali 2020-yilda o‘tkazilmaydi. Bu haqda tashkiliy qo‘mita vakilining so‘zlariga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: EPA

Koronavirus pandemiyasi tufayli Fransiyada joriy etilgan favqulodda holat rejimi eng kamida 10-iyulgacha uzaytirildi.

Shuning uchun kinofestivalni kuzda o‘tkazishning ham imkoni bo‘lmaydi. Kann kinofestivalini virtual tarzda o‘tkazish g‘oyasini tashkilotchilar qo‘llab-quvvatlamagan.

Kinofestival uchun saralab olingan filmlar boshqa festivallar, jumladan, Venetsiyada namoyish etiladi. Kinokartinalar ro‘yxati iyun oyi boshida e’lon qilinadi.

Mavzuga doir: Fransiyada karantin uzaytirildi. An’anaviy Kann kinofestivalining taqdiri nima bo‘ladi?

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar