Daryo

Toshkentda Malibu va Mercedes-Benz to‘qnashdi (video)

Ikki mashina ishtirokidagi to‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish133 896 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahrida 26-may kuni Malibu va Mercedes-Benz o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa soat 23:00 larda Olmazor tumani Sebzor–Nurafshon ko‘chalari chorrahasida yuz bergan. 1979-yilda tug‘ilgan B.Sh. ismli erkak boshqaruvidagi Malibu va 1975-yilda tug‘ilgan J.I. ismli erkak boshqaruvida bo‘lgan Mercedes-Benz ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuvdan keyingi holat videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Ikki mashina ishtirokidagi to‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 27-may kuni Toshkentda ikkita Captiva to‘qnashishi oqibatida mashinalardan biri va svetofor ag‘darilib ketgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar