Daryo

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2645 nafarga yetdi

Avvalroq 14-may soat 15:00 holatiga ko‘ra, jami kasallanish holatlari soni 2636 taga yetgani xabar berilgandi

1 daqiqa o‘qish128 878 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda 14-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 9 kishiga oshib, 2645 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

9 ta yangi kasallanish holatining 2 tasi xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 7 tasi esa oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan. Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan fuqarolarning 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lsa, 1 nafari Tojikistondan kelgan. Hozirda jami 498 nafar bemor davolanmoqda.

Avvalroq 14-may soat 15:00 holatiga ko‘ra, jami kasallanish holatlari soni 2636 taga yetgani xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda 2136 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 80 foizni tashkil qilmoqda. Infeksiya asoratlari oqibatida 11 kishi vafot etgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar