Professional boksning og‘ir vazndagi sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson 53 yoshida ringga qaytishini e’lon qildi va mashg‘ulotlarni boshladi.
U mashg‘ulot jarayonidan videoni muxlislariga taqdim qildi. Mayk video so‘ngida “Men qaytdim!” deya ta’kidlagan. Videoga “Ishga aql bilan yondashsang, hamma narsaning imkoni bor” deya izoh qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 53 yoshli sobiq bokschi ringga qaytishi va bir nechta ko‘rgazmali jangda ishtirok etishi xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, Mayk ringdagi so‘nggi jangini 2005-yil o‘tkazgan. Tayson professional boksda 58 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan. 44 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Oltita jangda mag‘lub bo‘lgan. Ikkita jangi esa hisoblanmagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)