Daryo

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Uzcard’ning banklarga 0,25 foizli komissiya belgilagani bo‘yicha o‘rganish o‘tkazadi

Avval Yagona umumrespublika protsessing markazi Uzcard’ning 1-maydan boshlab onlayn-omonatlar bo‘yicha banklardan 0,25 foiz miqdorida to‘lov olishini ma’lum qilgandi

1 daqiqa o‘qish43 014 ko‘rishlar0 izoh0
Foto:

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bozorda ustun mavqega ega bo‘lgan Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan tijorat banklaridan olinadigan omonatlar xizmati komissiyasini o‘rnatilishining maqsadga muvofiqligini o‘rganadi.

Avval Yagona umumrespublika protsessing markazi Uzcard’ning 1-maydan boshlab onlayn omonatlar bo‘yicha banklardan 0,25 foiz miqdorida to‘lov olishini ma’lum qilgani va bu haqda aksionerlik-tijorat banklariga tegishli xat yuborgani xabar qilingan.

Onlayn omonatlar va onlayn konversiya xizmatlarini ommalashtirish maqsadida ular bo‘yicha to‘lovlarni 2018-yil 6-sentabrdan bekor qilgandi. Keyinchalik ushbu choralar 2019-yil uchun ham uzaytirilgan, biroq endi kompaniya banklarning ushbu imtiyozlardan boshqa tijoriy maqsadlardan foydalanish holatlari uchragani tufayli komissiya narxini 0,25 foizga ko‘tarib qo‘ydi.

Uzcard 2-3 oy davomida tranzaksiyalarni o‘rgangan va banklarning davlat oldidagi soliq to‘lovlarini va komissiyalarni chetlab o‘tish holatlariga duch kelgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar