Daryo

Hindistonda afsonaviy aktyor Rishi Kapur bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi (foto+video)

U hayotining so‘nggi ikki yili mobaynida oqqon kasalligi bilan kurashib kelgan

1 daqiqa o‘qish190 559 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP

30-aprel kuni Hindistonning Mumbay shahridagi kasalxonada 67 yoshli aktyor va rejissor, Kapurlar sulolasining mashhur vakillaridan biri Rishi Kapur olamdan o‘tdi. U so‘nggi ikki yil mobaynida leykemiya (oqqon) bilan kurashib kelgan.

Foto: AP Photo

Rishi Kapur davolangan kasalxona xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, aktyor hayotining so‘nggi daqiqasigacha bardamlikni, yuqori kayfiyatni saqlab qolgan. U tinmay hazillar qilgan, hammaga tabassum qilib, kayfiyat ulashgan. Marhumning shifoxonadagi so‘nggi videosi internetda tarqaldi. Unda yosh yigit aktyorning qo‘shig‘ini ijro etib, undan duo qilishni so‘raydi. Aktyor esa yigitga shuhrat qozonish uchun ko‘p va tinimsiz mehnat qilish kerakligini aytadi.

https://www.instagram.com/p/B_miitGH-G-/

Hindistonda joriy etilgan qat’iy karantin rejimi tufayli aeroportlar ishlamayotgani, transportda harakatlanish cheklangani uchun marhumning Dehlida yashaydigan qizi Ridhima Kapur otasi bilan vidolashishga yetib kela olmagan.

https://www.instagram.com/p/B_mQ6kNnTBO/

Uni so‘nggi yo‘lga kuzatish marosimida marhumning turmush o‘rtog‘i Nitu Singx, o‘g‘li Ranbir Kapur va uning sevgilisi, aktrisa Aliya Bxatt, Kapurlar oilasining vakillari Randhir Kapur, Karina Kapur va uning turmush o‘rtog‘i Saif Ali Xon, Bollivud aktyori Abhishek Bachchan ishtirok etgan.

https://www.instagram.com/p/B_mlAMMnOgn/

Foto: Instagram / @filmfare
Foto: Instagram / @filmfareQora kiyimda marhumning rafiqasi Nitu Singh, uning yonida aktyorning singlisi hamda aktrisa Aliya Bxat.
Foto: Instagram / @filmfare
Foto: Instagram / @filmfare
Foto: Instagram / @filmfare
Foto: Instagram / @filmfare
Foto: Instagram / @filmfare

Yakunlanayotgan hafta hind kinosi uchun og‘ir judoliklar keltirdi. 29-aprel kuni onkologik kasallik bilan bir necha yil kurashgan taniqli aktyor Irfon Xon olamdan o‘tdi. Karantin tufayli Irfon Xonning dafn marosimi faqat yaqinlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. U Mumbaydagi musulmonlar qabristoniga dafn etildi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar