Daryo

Bollivud va Gollivud aktyori Irfon Xon 53 yoshda vafot etdi

Aktyor bir necha yil avval saratonga chalingan edi

1 daqiqa o‘qish184 694 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Gulf News

Hindistonlik taniqli aktyor Irfon Xon 53 yoshida vafot etdi. Bu haqda Gulf News xabar berdi.

Foto: Gulf News

Qayd etilishicha, bir necha yil avval unga neyroendokrin o‘simtasi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik tufayli aktyor filmlardagi suratga olish jarayonini bekor qilgan.

Nashrning qayd etishicha, aktyorning o‘limiga to‘g‘ri ichak infeksiyasi sabab bo‘lgan.

Irfon Xon nafaqat Bollivud, balki Gollivudda ham tanilgan edi. U “Xarobadan chiqqan millioner”, “Billu sartarosh”, “Yura davri olami”, “Pi hayoti”, “Yangi o‘rgimchak odam” va “Inferno” kabi filmlarda rol ijro etgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar