Daryo

Bollivudning taniqli aktyori Rishi Kapur 67 yoshda hayotdan ko‘z yumdi

Rishi Kapur saratonga chalingan edi

1 daqiqa o‘qish171 138 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Salam News

Afsonaviy hind aktyori va rejissori Raj Kapurning o‘g‘illaridan biri, Bollivud aktyori va prodyuseri Rishi Kapur 67 yoshda vafot etdi, deb xabar berdi “TASS”.

Foto: Salam News

Rishi Kapur saratonga chalingan bo‘lib, 2019-yilning sentabrida davo muolajalarini olganidan so‘ng AQShdan Hindistonga qaytgan edi. Fevral oyida aktyorning sog‘lig‘i yomonlashib, ikki marta kasalxonaga tushgan.

Rishi Kapur 1952-yilning 4-sentabrida Mumbay shahrida tug‘ilgan. U kinodagi ilk rolini 1970-yilda, otasining “Mening ismim masxaraboz” filmida ijro etgan. 1973-yilda suratga olingan “Bobbi” filmi unga shuhrat olib kelgan.

Rishi Kapur “Qasoskor”, “Amar, Akbar, Antoni”, “Chandni” hamda “Jonim fido” filmlarida takrorlanmas obrazlarni yaratgan.

29-aprel kuni Bollivud va Gollivudning taniqli aktyori Irfon Xon saratondan vafot etgan edi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar