Daryo

“O‘zbekneftgaz” Ai-92 benzini narxini yana 500 so‘mga arzonlashtirdi

“O‘zbekneftgaz” 29-apreldan boshlab Ai-92 markadagi benzinning narxini 5500 so‘m qilib belgilaydi

1 daqiqa o‘qish116 178 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

“O‘zbekneftgaz” 29-apreldan boshlab Ai-92 markadagi benzinning narxini 5500 so‘m qilib belgilanishini xabar qildi.

Foto: “Daryo”
“O‘zbekneftgaz” AJning UNG milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida Ai-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilg‘isi sotuvini yo‘lga qo‘ygan. 2020-yilning 1-martidan boshlab, ushbu AYoQShlardagi dizel yoqilg‘isining narxi 500 so‘mga arzonlashtirilgan. 2020-yilning 26-martidan e’tiboran, Ai-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga pasaytirilgandi. Mavzuga doir:  Iste’molchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birja savdolarida benzin sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan neft mahsulotlarining sotish narxlari bosqichma-bosqich kamaytirib boriladi, deyiladi “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmatining xabarida.

Mavzuga doir: Tovar-xomashyo birjasida qaysi turdagi mahsulotlarning narxi pasaygani ma’lum qilindi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar