Daryo

“Ahil bo‘linglar”. Kim Chen Inning o‘limi haqidagi mishmishlar o‘zbek internetida hazil-mutoyibaga sabab bo‘ldi

Kuni kecha bir nechta xorijiy OAVda Shimoliy Koreya davlat kengashi raisi Kim Chen In bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. Bu hodisani unga tanqidiy nazar bilan qaraydigan o‘zbek segmenti qanday kutib oldi?

4 daqiqa o‘qish256 422 ko‘rishlar0 izoh0

Kuni kecha bir nechta xorijiy OAVda Shimoliy Koreya davlat kengashi raisi Kim Chen In bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. Avvalroq CNN telekanali AQSh KXDR yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i jarrohlik amaliyotidan so‘ng yomonlashgani to‘g‘risidagi razvedka ma’lumotlarini o‘rganayotganini ma’lum qilgandi. Daily NK’ning yozishicha, Kim Chen Inda 12-aprel kuni yurak-qon tomir tizimiga bog‘liq jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

Biroq AQSh prezidenti Donald Tramp Kim Chen Inning sog‘lig‘i yomonlashgani to‘g‘risidagi ma‘lumotlar xato ekanini bildirib, CNN’ga doim ham ishonavermasligini aytgan. 26-aprel kuni esa KXDRda Kim Chen Inning o‘limi to‘g‘risidagi xabarlar fonida uning nomidan bayonot e‘lon qilindi. KXDR davlat kengashi raisi Kim Chen In tirik va soppa-sog‘ligi haqida Janubiy Koreya prezidentining maslahatchisi Mun Chjon Inga tayanib CNN xabar berdi.

KXDR davlat tuzumi va rahbari faoliyatiga befarq bo‘lmagan, unga tanqidiy nazar bilan qaraydigan o‘zbek segmenti bu hodisani ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qildi. Kim Chen Inning o‘limi haqidagi xabar mutoyiba-yu mulohazalar bilan kutib olindi. Quyida e’tiboringizga bir qancha ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari va blogerlarning voqeaga munosabatini taqdim qilamiz.
Kim Chen In o‘libdi, yo‘q o‘lmabdi. Arqadag‘ o‘libdi, yo‘q o‘lmabdi. Yana qaysidir davlatning ‘dodasi’ o‘libdi, yo‘q o‘lmabdi. E’tibor bersangiz, bunday holat qat’iy diktatura rejimida bo‘lgan davlatlarda kuzatiladi. Davlat ma’lumot berishda yolg‘on gapirishda, haqiqatni yashirishga shunchalik o‘rganib ketgan bo‘ladiki, diktatorning o‘zi buning qurboni bo‘ladi. Ma’lumotlar filtratsiyasi bilan shug‘ullanganlar endi uning holati haqida ham ma’lumot berishmaydi.

Sobiq turkmanboshi Saparmurat Niyozovning holati ham shunday bo‘lgandi. Buyoqda odamning joni uzilgan, buyoqda taxt uchun kurash degandek... Davlatdagi tizgin shaxslar qo‘lida bo‘lgan mamlakatlarda bunday holat kuzatilishi tabiiy. Eng qiziqtirgan savol: Kim Chen In vafot etsa, shimollik koreyslar nima deb yig‘larkin? ‘Dodam’ deb yig‘lashadimi yoki ‘okam’mi?

Bahodir Ahmedov
Global tarmoqda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning bir oydan beri davlat tadbirlari va OAV nigohidan yo‘qolgani ko‘p muhokama bo‘lyapti.

Bu orada xalqaro nashrlar bor-yo‘g‘i 36 yoshli Kim Chen Inning qandli diabet, og‘ir vazni va yuragi bilan bog‘liq muammolari borligi,  yaqinda yuragida jarrohlik amaliyoti o‘tkazgani haqida yozyapti, u koma yoki vegetativ holatda bo‘lishi, hatto vafot etgani haqidagi versiyalarni ham bermoqda.

Dunyoning eng yopiq mamlakatining eng sirli shaxsi koronavirus yangiliklaridan zerikkan global ommaga nyusmeyker bo‘lib turibdi hozircha.

Aziza Qurbonova
Facebook’da chellenjlar ham boshlanib ketdi,

Quyidagi post muallifi kabi ko‘pchilik foydalanuvchilar bu xabarning rostligiga unchalik ham ishonqiramagan.

Skrin: “Daryo”
Skrin: “Daryo”
Skrin: “Daryo”

Kim Chen In o‘limining asosiy vaji sifatida uni operatsiya qilayotgan jarrohing operatsiya vaqtida qo‘li qaltiragani keltirilgan. Keyingi izoh shunga ishora.

Skrin: “Daryo”

Ko‘rib turganingizdek, qanchalik ishonchli manbalar yozmasin, Shimoliy Koreya rahbarining o‘limi to‘g‘risidagi xabarlar rad etildi.

Skrin: “Daryo”

“Marhum”ning ism-sharifi bilan bog‘liq mana bunday hazil postlar ham talaygina.

Skrin: “Daryo”
Skrin: “Daryo”
Skrin: “Daryo”

Quyidagi bir o‘q bilan ikki quyonni urgan izohda agar Kim Chen In hokimiyatdan ketadigan bo‘lsa, uning o‘rnini o‘z singlisi egallashiga ishora qilingan.

Skrin: “Daryo”

Haqiqatan ham negadir izoh qoldirganlar orasida voqeadan qayg‘uga tushganlar yo‘q.

Skrin: “Daryo”
Skrin: “Daryo”

Navbatdagi suratlarga izoh hojat bo‘lmasa kerak.

Skrin: “Daryo”
Skrin: “Daryo”
Skrin: “Daryo”

Kim Chen In tobut ko‘tarib raqs tushadigan afrikaliklarning navbatdagi “o‘ljasi”mi?

Skrin: “Daryo”
Skrin: “Daryo”

Mana bunday izohlar ham yo‘q emas.

Skrin: “Daryo”
Skrin: “Daryo”
Skrin: “Daryo”
Skrin: “Daryo”

Navbatdagi kulgili izohda nima nazarda tutilayotganini anglagan bo‘lsangiz kerak – koronavirus.

Skrin: “Daryo”
Skrin: “Daryo”

Chindan ham @bakiroo nazarda tutayotganidek, 2020-yil kutilmagan hodisalarga boy bo‘ldi.

Skrin: “Daryo”
Skrin: “Daryo”

Bu xabar, ayniqsa, MrFreeDOM’ni ta‘sirlantirgan ko‘rinadi.

Skrin: “Daryo”
Skrin: “Daryo”
Skrin: “Daryo”

Habikatura’dan doimgidek aktual mavzuda aktual karikatura.

Skrin: “Daryo”

Hech kim, bemalol uxlayvering.

Skrin: “Daryo”

Keling, endi Twitter bo‘ylab sayohatga otlanamiz.

https://twitter.com/navik_21/status/1254111944107229186?s=21

https://twitter.com/xotirijam/status/1254112373310394370?s=21

https://twitter.com/davletovuz/status/1254118328030855168?s=21

https://twitter.com/navik_21/status/1254111586291273729?s=21

https://twitter.com/furkatusmanov/status/1254113630532009984?s=21

https://twitter.com/mirzabekov01/status/1254117876421791744?s=21

https://twitter.com/davletovuz/status/1254117148336836612?s=21

https://twitter.com/vh_1234567/status/1254121086528163842?s=21

https://twitter.com/iplosello/status/1254192581359079424?s=21

https://twitter.com/aslanov_k/status/1254193691016691712?s=21

https://twitter.com/shahnozaalimov4/status/1254136475857424384?s=21

https://twitter.com/navqiron/status/1254298110303653888?s=21

https://twitter.com/nozimjonsafarov/status/1254317152942936065?s=21

https://twitter.com/navik_21/status/1254413260582981637?s=21

https://twitter.com/navik_21/status/1254412982450302977?s=21

https://twitter.com/the_bakiroo/status/1254329637230063619?s=21

https://twitter.com/iplosello/status/1254340785773871105?s=21

https://twitter.com/qoplonbek/status/1254274556392439808?s=21

https://twitter.com/feckrofelix/status/1254362093530214400?s=21

https://twitter.com/bittadarvesh/status/1254384187307687936?s=21

https://twitter.com/vh_1234567/status/1254486768113590272?s=21

https://twitter.com/jamikooo/status/1254469287152103426?s=21

https://twitter.com/kurbanoffnet/status/1254116593539350528?s=21

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar