Apreldagi super Oy va qor, yig‘layotgan shifokorlar, yo‘q qilinayotgan dala gullari. 8-aprel suratlari
8-aprel, chorshanba kuni, dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasi.
4 daqiqa o‘qish254 906 ko‘rishlar0 izoh0
Xitoyning Szilin provinsiyasi tibbiyot xodimlari (qizil kiyimda) Tyanxe aeroporti qayta ochilgach koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashgan hamkasblari bilan xayrlashmoqda. Ular Uxanni tark etib, uylariga qaytdi.
Foto: Getty Images
8-aprel, chorshanba kuni, dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Tailanddagi shifoxonalarning birida hamshira yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni koronavirus infeksiyasidan himoyalash maqsadida himoya niqobi kiydirmoqda.Foto: EPA
Tayvanda tonggi tig‘iz vaqtda harakatlanayotgan mototsiklchilar.Foto: ReutersHindistonning Kalkutta shahrida Alipor hayvonot bog‘i ishchilari tomonidan qafasiga dezinfeksiya vositasi sepilayotgan yo‘lbars.Foto: Getty ImagesXitoyning Szilin provinsiyasi tibbiyot xodimlari (qizil kiyimda) Tyanxe aeroporti qayta ochilgach koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashgan hamkasblari bilan xayrlashmoqda. Ular Uxanni tark etib, uylariga qaytdi.Foto: Getty Images
Migrant ishchilar Hindistonning Ahmadobod shahrida koronavirus pandemiyasi sharoitida vaqtinchalik boshpanaga aylantirilgan savdo majmuasida kechki ovqat tanovul qilmoqda.Foto: Reuters
Belgiyaning Burtmerbek shahrida joylashgan De Ravenshtayn qariyalar uyida bog‘da qo‘shiq aytib, raqs tushayotgan hamshiralarga javoban harakatlanayotgan ayol va uning qarovchisi.Foto: Reuters
Italiyaning Magra daryosi ustidan o‘tgan ko‘prik qulab tushdi. Hodisa oqibatida bir kishi jabrlandi.Foto: EPAChexiyaning Praga shahrida ko‘cha musiqachilarining ohanglarini uyidan turib tinglayotgan oila.Foto: Reuters
Nyu-Yorkda koronavirus infeksiyasi tarqalayotgan vaqtda yerga yozib ketilayotgan minnatdorlik xatlari oldidan o‘tib, Maunt-Sinay shifoxonasini tark etayotgan ayol.Foto: Reuters
Italiyaning Turin shahri yaqinidagi Kollejo hududida maxsus himoya kiyimidagi tibbiyot xodimi avtomobil rulidagi ayoldan koronavirusga tekshirish uchun yupqa qatlam (mazok) olmoqda.Foto: Reuters
Slovakiyaning Soblaxov qishlog‘ida koronavirus pandemiyasi sharoitida milliy liboslar va himoya niqoblarida rangli pasxa tuxumlariga bezak berayotgan Vanda Mrazikova hamda Martina Kucherova.Foto: Reuters
Ispaniyaning Alkala-de-Enares shahri aholisi koronavirusga qarshi kurashdagi xizmatlari uchun tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik bildirayotgan paytda ta’sirlanib ketgan shifokor.Foto: EPA
Samarqandning Qo‘shrabot tumanida yog‘gan qorFoto: Qo‘shrabod tuman hokimligiAmerikalik harbiylar yuzlarida niqob bilan Nyu-Yorkdagi Jeykob K.Javits Kongress markaziga kelmoqda.Foto: Reuters