Koronavirus pandemiyasi sharoitida dunyoning turli burchaklarida yashayotgan aholi iliq kunlar va bir-biridan go‘zal gullardan bahra olish imkonidan mosuvo. The Atlantic nashri Shimoliy Amerika, Osiyo va Yevropaning turli nuqtalarida ochilgan lolalar, barq urayotgan gilos daraxtlari hamda atrofga taralib turgan zarrin quyosh nurlari aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi. Virtual sayohatdan zavq oling.
Gullagan daraxtlar bag‘rida quyoshga yuzini tutib turgan ayol. Filadelfiya, AQSh. 2020-yil 26-mart.Foto: AP PhotoGullab turgan gilos daraxtlari qurshovidagi erkak. Bonn, Germaniya. 2020-yil 5-aprel.Foto: Getty ImagesQor bilan qoplangan dala gullari. Kiyev, Ukraina. 2020-yil 23-mart.Foto: Getty ImagesEmpayr-steyt-bilding orti va Manhetten aro ko‘tarilayotgan quyosh. Jersi-Siti, Nyu-Jersi, AQSh. 2020-yil 5-aprel.Foto: Getty ImagesGullagan gilos daraxtlari orasida gamak (to‘rli belanchak)da dam olayotgan ayol. Kelli Drayv, Filadelfiya, AQSh. 2020-yil 26-mart.Foto: AP PhotoErtalabki sayrdan so‘ng ko‘lda cho‘milgan it silkinmoqda. Kardiff, Buyuk Britaniya. 2020-yil 5-aprel.Foto: Getty ImagesGullagan dala yonidan o‘tib borayotgan kareta. Gaaga, Niderlandiya. 2020-yil 16-mart.Foto: Getty ImagesBotanika bog‘ida gullab turgan za’faron guli. Ujgorod, Ukraina. 2020-yil 10-mart.Foto: Getty ImagesOq qarqara qushi parvozda. Tsunsin, Xitoy. 2020-yil 3-aprel.Foto: Getty ImagesNiqob taqib olgan juftlik gullagan daraxtlar aro kezmoqda. Seul, Janubiy Koreya. 2020-yil 5-aprel.Foto: Getty ImagesO‘rik gullari bag‘ridagi Buyuk Xitoy devori. Pekin, Xitoy. 2020-yil 22-mart.Foto: Getty ImagesLos-Olivos tumanida qurg‘oqchilik haqidagi vahimali taxminlarni yo‘qqa chiqargan bulutlar yomg‘irli kunlar hamda qor bo‘ronlarini olib keldi. Kaliforniya, AQSh. 2020-yil 27-mart.Foto: Getty ImagesGullagan gilos daraxtlari orasida suratga tushirayotgan ayol. Tokio, Yaponiya. 2020-yil 28-mart.Foto: Getty ImagesLondon uzra “bosh ko‘tarayotgan” quyosh. London, Angliya. 2020-yil 23-mart.Foto: ReutersPlyajda quyoshda toblanib yotgan juftlik. Brayton, Angliya. 2020-yil 5-aprel.Foto: Getty ImagesGullagan rapslar dalasida ekskursiya qilayotgan tashrif buyuruvchilar. Xebey, Xitoy. 2020-yil 22-mart.Foto: Getty ImagesPotomakalik erkak gullagan gilos daraxtlari ostida barabanda kuylar chalmoqda. Merilend, AQSh. 2020-yil 26-mart.Foto: AP PhotoMunzur tog‘ etaklarida gullab yotgan kuzgi za’faronlar. Ovajik, Turkiya. 2020-yil 31-mart.Foto: Getty ImagesYangi tug‘ilgan qo‘zichog‘i bilan turgan qo‘y. Lavo-syur-Luar, Fransiya. 2020-yil 28-mart.Foto: Getty ImagesGullagan gilos daraxtlari ortida ko‘rinib turgan Vashington yodgorligi. Kolumbiya, AQSh. 2020-yil 24-mart.Foto: Getty ImagesGullarni changlantirishga hozirlik ko‘rayotgan asalari. Zemst, Belgiya. 2020-yil 12-mart.Foto: Getty ImagesKo‘lda turib eshiladigan qayiqdagi juftlik. Shtarnberger, Germaniya. 2020-yil 5-aprel.Foto: Getty ImagesOdatda sayyohlar bilan to‘la bo‘ladigan gullar dalasi koronavirus pandemiyasi vaqtida bo‘shab qolgan. Kaliforniya, AQSh. 2020-yil 25-mart.Foto: ReutersDaraxt novdasida turgan ko‘k qush. Sinzyan, Xitoy. 2020-yil aprel.Foto: Getty ImagesBattersi bog‘idagi gullagan daraxtlar orasida otasining yelkasida ketayotgan qizaloq. London, Angliya. 2020-yil 21-mart.Foto: ReutersKapitoliy binosining gumbazi lolalar orasidan qaraganda shunday ko‘rinishga ega. Vashington, Kolumbiya, AQSh. 2020-yil 6-aprel.Foto: AP PhotoIstirohat bog‘ida yengil mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan tashrif buyuruvchilar. Pekin, Xitoy. 2020-yil 31-mart.Foto: Getty ImagesBundestag joylashgan Reyxstag binosi oldidagi gullar uzra uchib ketayotgan sariq ari. Berlin, Germaniya. 2020-yil 27-mart.Foto: Getty Images