Daryo

Nyu-York ko‘chalarida jasadlar uchun muzlatgichlar o‘rnatildi

Shuningdek, Nyu-Yorkda koronavirusdan vafot etganlarning jasadlarini saqlash uchun chodirlar o‘rnatilmoqda

1 daqiqa o‘qish205 616 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

AQShning Nyu-York shahrida pandemiya sharoitida morglar ishini yengillashtirish uchun ko‘chalarda muzlatgichli yuk mashinalari o‘rnatildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Reuters
Shahar morglari pandemiya sababli ko‘payib ketishi mumkin bo‘lgan jasadlarni qabul qila olmay qolgan taqdirda, yuk mashinalari jasadlarni tashish bilan shug‘ullanadi.

Mavzuga doir: Tramp karantinga qaramay, iqtisodiyotni saqlab qolish uchun amerikaliklarni ishga qaytarmoqchi

“Biz sog‘liqni saqlash bo‘yicha inqirozni boshdan kechiryapmiz, shaharda favqulodda holat rejimi e’lon qilindi”, — deb ma’lum qilgan shahar ma’muriyati vakili.

Shuningdek, Nyu-Yorkda koronavirusdan vafot etganlarning jasadlarini saqlash uchun chodirlar o‘rnatilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, chodirlar va yuk mashinalari jami 3500-3600 ta jasadni sig‘dira oladi.

Mavzuga doir: AQSh Senati koronavirusga qarshi 2 trln dollarlik yordam dasturini ma’qulladi

Eslatib o‘tamiz, AQSh 26-mart, payshanba kuni, koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Xitoydan ham o‘tib ketdi va mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar