Daryo

Turkiyalik mashhur murabbiy Fotih Terimda koronavirus aniqlandi

Bu haqda 66 yoshli mutaxassisning o‘zi ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish74 288 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Turkiyaning “Galatasaroy” futbol klubi bosh murabbiyi Fotih Terim koronavirusga chalindi. Bu haqda 66 yoshli mutaxassisning o‘zi ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

“Tibbiy tekshiruvlar menda koronavirus borligini ko‘rsatdi. Ayni damda kasalxonada shifokorlar nazoratidaman. Xavotir olmang”, — deya yozadi Terim.

Terim 2017-yildan buyon “Galatasaray”ni boshqarib keladi. U shuningdek, “Fiorentina”, “Milan” klublari va Turkiya terma jamoasidagi faoliyati bilan ham mashhur.

Pandemiya deb tan olingan Xitoy koronavirusi bilan ayni paytga kelib 380 mingdan ortiq kishi zararlandi. Qurbonlar soni 16,5 mingga yetdi. Turkiyada esa 24-mart holatiga 1,5 mingta koronavirus yuqtirib olish holati qayd etilgan, 37 kishi halok bo‘lgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar