Kasallikni yuqtirib olmaslik uchun uch film
“Epidemiya”
Mavzuga doir: “Epidemiya” filmi koronavirus sabab yana mashhurlikka erishdi. Undagi voqealar reallikka mos kelmoqda
“Aviator”
Leonardo Di Kaprio ushbu voqealar sodir bo‘lishidan oldin ham qo‘llarini muntazam yuvib kelgan… “Aviator” qahramoni “o‘z g‘oyasiga sodiqlik”dan aziyat chekkani sabab bunda kulgili jihat yo‘q, biroq shunday bo‘lsa-da, qo‘llarni tez-tez yuvib turishni unutmaslik kerak. Shuningdek, doim uzoq davom etsa-da, hech kim Martin Skorseze ajoyib filmlarni suratga olishi to‘g‘risidagi faktni bekor qilmagan. Unga nafaqat Govard Xyuzning hayoti haqida so‘zlovchi film, balki Skorsezening qolgan filmlari ham kiradi. Masalan, uch soat vaqtini qizg‘anmagan odam “Irland”ni tomosha qilishi mumkin.
“Pusanga eltuvchi poyezd”

Yolg‘izlikda aqldan ozmaslik uchun uch film
“Tarjimaning qiyinligi”
Yaponiyaga tashrif buyurishni niyat qilganlarning safari koronavirus sabab to‘xtab qolgan bo‘lsa, aslo tushkunlikka tushmasin — Bill Myurrey va Skarlett Yoxanson u yerda doimo ham xushchaqchaqlik hukm surmasligini isbotlab beradi. “Tarjimaning qiyinligi” filmida bosh qahramonlar Tokioda uchrashib qolib, o‘zlari uchun ulkan va notanish shaharda yupanch topgandek bo‘ladi.
“Uyda yolg‘iz”

Makoley Kalkin ijrosidagi ushbu filmni ko‘rmagan inson topilmasa kerak. Yolg‘izlikdan aziyat chekayotganlar Kevin Makkalisterning qiziqarli sarguzashtlarini tomosha qilishi va yolg‘izlikning ham o‘ziga yarasha gashti borligiga ishonch hosil qilishlari mumkin.
“Odamlardan yiroqda”

Optimizmni yo‘qotmaslik uchun uch film
“Shon ismli zombi”
Ko‘p bora qaytarilgan bo‘lsa-da, kulgi eng yaxshi davo. Shuning uchun Romero, Reymi va boshqa qahramonlar ishtirokidagi filmni yana bir bor tomosha qilish ortiqchalik qilmaydi. “Shon ismli zombi”ning rejissori Edgar Rayt o‘zining Instagram’dagi sahifasida Saymon Pegg ijrosidagi personajning bugungi kunga naqadar mos kelishini eslab o‘tgan. Kartina Vinchesterga yo‘l olib, muzdekkina ichimlik bilan barchasi tugashini kutib o‘tirishga chaqiradi.
“Arvohlar tomonidan olib ketilgan”

Mavzuga doir: Karantin vaqtida qaysi xorijiy filmlarni tomosha qilish mumkin?
“Cheksiz tarix”
“Cheksiz tarix”ni nafaqat kattalarga, balki bolalarga ham har qanday kasallikka davo sifatida tavsiya qilish mumkin. Film sirli kitobni ochib, sehrli Fantaziya mamlakatiga tushib qolgan bolakay haqida. Kartina insonni xayol va tasavvur kuchiga ishonishga o‘rgatadi. Bu esa hozirgi pandemiya vaqtida juda muhim.








