Daryo

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 41 nafarga yetdi

O‘zbekistonda tibbiy karantinda bo‘lganlar orasidan yana to‘rt nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi

1 daqiqa o‘qish484 998 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Uzbekistan Airways matbuot xizmati

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 41 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

“Mamlakatimizda tibbiy karantinda bo‘lganlar orasidan yana 4 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ayni paytga kelib ushbu infeksiya bilan kasallangan soni 41 nafarga yetdi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

21-mart kuni kunning birinchi yarmida O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 37 nafarga yetgani ma’lum qilingan edi. Ta’kidlashlaricha, koronavirus infeksiyasi aniqlangan ilk bemorlar sog‘ayib bormoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar