Daryo

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni olti nafarga yetdi

Koronavirus aniqlangan yangi ikki bemordan biri Moskvadan uchib kelgan, ikkinchisi esa Polshadan Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonga kelgan

1 daqiqa o‘qish96 580 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Tengrinews

Qozog‘istonda koronavirus kasalligini yuqtirib olish bilan bog‘liq yana ikkita holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Dias Ahmetsharip ma’lum qildi.

Foto: Tengrinews

Koronavirus aniqlangan yangi ikki bemordan biri Olmaotada, u 10-mart, seshanba kuni, Moskvadan uchib kelgan, xususiy tadbirkor. Shuningdek, Polshadan Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonga uchib kelgan ayolda ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Tengrinews’ning yozishicha, hozirda Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni olti nafar. 1090 kishi kasalxonaga yotqizilgan, 452 kishi uy karantinida.

Avvalroq, 13-mart kuni Germaniyadan uchib kelgan ikki qozog‘istonlikda virus aniqlangani ma’lum qilingan edi. Ulardan biri (1974-yilda tug‘ilgan erkak) 9-mart kuni, ikkinchisi (1984-yilda tug‘ilgan ayol) 12-mart kuni Qozog‘istonga kelgan.

Shuningdek, 12-mart kuni Moskva orqali Italiyaning Milan shahridan Nur-Sultonga qaytgan ayolda hamda 13-mart, juma kuni, Germaniyadan Olmaotaga uchib kelgan 1976-yilda tug‘ilgan erkakda ham koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar