Daryo

Apple rahbari koronavirus tufayli ishchilarga uydan ishlashga ruxsat berdi

Ushbu qoida kompaniyaning koronavirus yuqtirish holatlari eng ko‘p qayd etilgan hududlariga nisbatan tatbiq etiladi

1 daqiqa o‘qish37 207 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP Photo

Apple bosh direktori Tim Kuk koronavirus tarqalgani tufayli o‘z xodimlariga 9-martdan 13-martgacha masofadan turib ishlashga ruxsat berdi, deb xabar bermoqda “RBK” Bloomberg’ga tayanib.

Foto: AP Photo
Ushbu qoida kompaniyaning koronavirus yuqtirish holatlari eng ko‘p qayd etilgan hududlari — Kaliforniyadagi Santa-Klara va Elk-Grov shaharlari, shuningdek, Sietl, Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya, Germaniya, Shveysariya va Buyuk Britaniyada joylashgan ofislariga nisbatan tatbiq etiladi.

Mavzuga doir: Yaponiyada davlat idoralariga xodimlarini uy sharoitida ishlashga o‘tkazish buyurildi

Koronavirus birinchi marta 2019-yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida paydo bo‘lgan edi. Shundan so‘ng u Xitoyning boshqa hududlari va dunyoga tarqaldi. Yanvar oyi oxirida Bloomberg va Nikkei Asian Review kompaniya uchun ham asosiy ishlab chiqarish joyi, ham asosiy bozor bo‘lgan Xitoyda yangi koronavirus tarqalishi Apple ishlab chiqarishiga tahdid solishini aytgan. OAVda bu karantin sababli zavod xodimlari ishga chiqa olmasligi bilan bog‘lagan.

Mavzuga doir: Apple Xitoy koronavirusi tufayli iPhone yetkazib berishdagi uzilishlar haqida ogohlantirdi

Bloomberg, shuningdek, koronavirusning tarqalishi sababli kompaniya allaqachon iPhone va smartfonlar uchun ehtiyot qismlarni yetkazib berishda cheklovlarga duch kelganini yozgandi. Tahlilchilarning prognozlariga ko‘ra, kompaniyada mahsulot ishlab chiqarilishi kechikishi hali uzoq davom etishi mumkin.

Bundan tashqari, fevral oyida Apple koronavirus tufayli faqat onlayn savdolarni qoldirgan holda Xitoydagi barcha 42 ta do‘konlarini yopgandi.

Koronavirus infeksiyasi kirib borgan mamlakatlar soni 100 dan oshdi. Xitoyda COVID-19 koronavirusi qurbonlari soni 8-mart holatiga ko‘ra 3119 kishiga yetdi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar