Daryo

O‘zbekistonda paxtaga davlat buyurtmasi bekor qilindi

Prezidentning “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi

1 daqiqa o‘qish90 019 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Agroinformacion.com

Prezidentning “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Rewiev.uz”.

Foto: Agroinformacion.com

Qaror Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash, davlat buyurtmasi hajmlarini bosqichma-bosqich kamaytirish, shu jumladan, paxta xomashyosi yetishtirish, xarid qilish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish, ushbu yo‘nalishda fermer xo‘jaliklari manfaatdorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida qabul qilindi.

Unda, birinchidan, 2020-yil hosilidan boshlab:
  • davlat tomonidan paxta xomashyosi ishlab chiqarish va sotish rejasini belgilash amaliyoti bekor qilinadi;
  • paxta xomashyosining xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladi;
  • paxta xomashyosi yetishtiruvchilarga rayonlashtirilgan navlarni erkin tanlash huquqi beriladi;
  • sertifikatlangan urug‘lik yetkazib berish tizimi saqlab qolinadi.
Ikkinchidan, paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etilmagan hududlarda paxta tozalash korxonalari ishtirokida fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyasi tashkil etiladi.

Uchinchidan, paxta xomashyosi yetishtirish va qayta ishlashni kreditlashning yangi mexanizmi joriy etiladi.

To‘rtinchidan, “O‘zpaxtasanoat” AJni tugatish choralari ko‘riladi.

Beshinchidan, jahon bozori narxlari tahlilidan kelib chiqib har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yil hosili uchun kutilayotgan (indikativ) narxlar e’lon qilinishini hamda bozorlardagi narxlar o‘zgarishidan kelib chiqib, har chorakda ushbu narxga tuzatishlar kiritish amaliyoti joriy etiladi;

Oltinchidan, paxta tolasi Respublika tovar xomashyo birjasida boshlang‘ich birja narxida erkin sotiladi, bunda birjada boshlang‘ich narx shakllanishida 10 foiz chegirma qo‘yish bekor qilinadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar