Daryo

Toshkentda 8-yo‘nalishda qatnaydigan Mercedes avtobusi yonib ketdi (video)

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish57 814 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahar Uchtepa tumanida 8-yo‘nalishda qatnaydigan avtobusda yong‘in chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 25-fevral, seshanba kuni, soat 13:30 da Uchtepa tumani, 21-mavze Katta Xirmontepa ko‘chasidagi bekatda to‘xtab turgan haydovchi N.R. boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli 8-yo‘nalishda qatnaydigan avtobus dvigatel qismining elektr simlari tutab, yong‘in chiqqan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga o‘z vaqtida yetib kelib, yong‘inni bartaraf etgan.

Ta’kidlanishicha, yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Avvalroq Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik haydovchi 50 nafar yo‘lovchini avtobusdagi yong‘indan qutqarib qolgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar