Daryo

O‘zbekistonda hukumat qarori bilan talabalarga stipendiya to‘lashning yangi tartibi joriy qilindi

Vazirlik yangi tartibning qanday tuzib chiqilgani va unda qaysi jihatlarga e’tibor qaratilgani haqida qo‘shimcha ma’lumot bermagan

1 daqiqa o‘qish102 564 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Hukumatning 59-son qarori (2020-yil 31-yanvar) qabul qilinganini xabar qildi.

Qarorga ko‘ra, 2020-yil 1-fevraldan boshlab, talabalarga stipendiya to‘lashning yangi tartibi joriy etiladi.

Vazirlik yangi tartibning qanday tuzib chiqilgani va unda qaysi jihatlarga e’tibor qaratilgani haqida qo‘shimcha ma’lumot bermagan.

Bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev 31-yanvarda qabul qilingan qaror haqida 5-fevralga kelibgina rasmiy xabar berilgani va unda qo‘shimcha ma’lumotlar, jumladan talabalarga stipendiya berish haqidagi qarorning Lex.uz qonun hujjatlari portaliga ham hanuzgacha joylashtirilmaganiga e’tibor qaratgan. Mavzuga doir:  O‘zbekistonda 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha talabalarga bir xil — 400 ming so‘m miqdorida stipendiya belgilanishi munozaralarga sabab bo‘lgan. Xushnudbek Xudoyberdiyev 2019-yil sentabridan beri talabalarga 400 ming so‘m miqdorida bir xil stipendiya to‘lanishi noqonuniy ekani haqida yozgan.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar