Daryo

Dell, PepsiCo va Microsoft Xitoyda koronavirusga qarshi kurashishda yordam beradi

Mamlakatda faoliyat yuritayotgan ko‘p millatli korporatsiyalar infeksiyaga qarshi kurashayotgan tashkilotlarga jami 10 million yuan yuborishga va’da berdi

1 daqiqa o‘qish45 362 ko‘rishlar0 izoh0
Foto:

Xitoyda faoliyat yurituvchi AQSh va Yevropa yetakchi kompaniyalari koronavirus infeksiyasi epidemiyasiga qarshi kurashda moliyaviy yordam berishni boshladi. “Kommersant”ning Financial Times’ga asoslanib xabar berishicha, mamlakatda faoliyat yuritayotgan ko‘p millatli korporatsiyalar infeksiyaga qarshi kurashayotgan tashkilotlarga jami 10 million yuan (taxminan 1,4 million dollar) yuborishga va’da berdi.

Foto: Internet Haber

Xususan, Dell virusga qarshi kurashish uchun 2 million yuanni berishni va’da qildi, Cargill korporatsiyasi ham xuddi shuncha pulni Xitoy Qizil Xochga o‘tkazadi. Microsoft 1 million yuan miqdorida yordam ko‘rsatmoqchi. Kompaniya bu pullar Uxan va Xubey provinsiyasida qutqaruv operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashga hamda tibbiy buyumlar va birinchi darajali zaruriy mahsulotlar bilan ta’minlashga sarflanishini ta’kidlab, mablag‘larning aniq oluvchisini ko‘rsatmagan.

Bill Geyts va Melinda Geyts fondi esa Xitoydagi koronavirus bilan kurashishga kompaniyadan alohida ravishda 5 million dollar ajratdi.

Mavzuga doir: Bill Geyts Xitoydagi koronavirus bilan kurashishga 5 mln dollar ajratdi

Shuningdek, PepsiCo, Procter & Gamble, Yevropa kompaniyalari orasidan esa Michelin, Bayer va L’Oreal kompaniyalari koronavirusga qarshi kurashda yordam berishni va’da qilgan. Amerika va Yevropa kompaniyalari ko‘rsatayotgan yordam miqdori xitoylik korporatsiyalar tomonidan (Tencent, Alibaba, Lenovo, Xiaomi va boshqalar pul yoki tibbiy materiallar bilan yordam berishini aytgan) taqdim etilgan yordamdan sezilarli darajada yuqori ekanligi ta’kidlamoqda. Shunga qaramay Financial Times’ning qayd etishicha, bunday yordam hatto savdo urushi sharoitida ham korporatsiyalarning Xitoyga qanchalik yon bosishini aks ettiradi.

Mavzuga doir: Koronavirus bilan kasallanganlar soni 6 ming kishidan oshib ketdi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar