Daryo

O‘zbekiston aholisi so‘nggi bir yil ichida qanchaga ko‘paygani ma’lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasining demografik vaziyat to‘g‘risidagi hisoboti e’lon qilindi

1 daqiqa o‘qish102 964 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

O‘zbekiston doimiy aholisi soni 2020-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, 33905,8 ming kishini tashkil etib, 2019-yil boshidan 650,3 ming kishiga yoki 2,0 foizga o‘sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining demografik vaziyat to‘g‘risidagi hisobotida keltirildi.

Foto: “Daryo”

Respublika hududlari kesimidagi tahlillarga ko‘ra, eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyatida bo‘lib, respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4 foizni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlardan Farg‘ona viloyati (11,1 foiz), Qashqadaryo viloyati (9,7 foiz) va Andijon viloyati (9,2 foiz) joy olgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvar holati bo‘yicha O‘zbekiston doimiy aholisi sonining 30,5 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 58,9 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,6 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Qayd etilishicha, 2019-yilning yanvar-dekabr oylarida 815,9 ming nafar bola tug‘ilgan bo‘lsa, bu davr mobaynida 155,0 mingta o‘lim holati qayd etilgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar