Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasi 21-turining so‘nggi uchrashuvida 2-yanvar, payshanba kuni Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” “Enfild”da “Sheffild Yunayted”ni sinovdan o‘tkazdi.
O‘yinning 4-daqiqasidayoq Mersisayd klubi yetakchilaridan biri Muhammad Saloh hisobni ochgan bo‘lsa, 64-daqiqaga kelib Sadio Mane “qizillar”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa “Liverpul” o‘z maydonida kechgan bahsda “Sheffild Yunayted” ustidan 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida mutlaq yetakchilik qilayotgan Klopp shogirdlari ochkolari sonini 58 taga yetkazib oldi. “Sheffild Yunayted” esa 29 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.
21-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
APL
21-tur bahsi
2-yanvar, payshanba
“Liverpul”—“Sheffild Yunayted” 2:0
Gollar: 1:0 — 4 Saloh, 2:0 — 64 Mane“Liverpul”: Alisson, Gomes, van Deyk, Aleksander-Arnold, Robertson (Lallana, 88), Xenderson, Veynaldum, Milner, Mane (Origi, 78), Saloh (Elliot, 90), Firmino
“Sheffild Yunayted”: Xenderson, Stivens, Bashem, Igan, Boldok, Landstrem, Norvud (Beshich, 78), Flek, O’Konnell, Musse (Makbyorni, 65), Makgoldrik (Sharp, 66)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)