Daryo

Ilon Mask Marsga parvozlar uchun mo‘ljallangan raketani tez orada ishga tushirishga va’da berdi

Starship shu vaqtga qadar yaratilgan raketa tashuvchilar ichida eng qudratlisi bo‘lishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish35 806 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hightech

Ilon Mask Marsga uchish uchun yaratilgan o‘ta og‘ir Starship kosmik kemasining birinchi parvozi 2-3 oydan keyin amalga oshishiga umid bildirmoqda, deb yozadi Forbes.

Foto: Hightech

Maskning aytshicha, u SpaceX xodimlari bilan butun tun davomida raketaning qubbasi ustida ish olib borgan.

“Starship shu vaqtga qadar yaratilgan raketa tashuvchilar ichida eng qudratlisi bo‘ladi va u yer orbitasiga 100 tonnadan ortiq yukni olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Mazkur raketa Maskning kosmik sayohatlarni tashkillashtirish bo‘yicha rejalarida muhim rol o‘ynaydi. Avvalroq u Mars koloniya yaratish uchun 1 million tonna yukni yetkazishga kamida mingta Starship kerak bo‘lishini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, raketa odamlar va yuklarni Oydagi bazaga yetkazishni ham ta’minlaydi.

Mavzuga doir: Ilon Mask sayyoralararo sayohatga mo‘ljallangan Starship kemasining birinchi suratini namoyish etdi

Ilon Mask Marsda mustaqil faoliyat yuritadigan manzil qurishga 20 yil ketishini taxmin qilgandi.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar