Ilon Mask Twitter’da Starship kemasining birinchi namunasi suratini e’lon qildi. Tadbirkorning ta’kidlashicha, bu talqin vertikal uchish va qo‘nish sinovlari uchun mo‘ljallangan va yakuniy ko‘rinishdan farq qiladi, unda illyuminator va korpusning boshqa elementlari mavjud emas. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Foto: TJournal

Mask raketaning qurilishi haqida 2017-yilning sentabr oyida ma’lum qilgan, dastlab u BFR (Big Falcon Rocket) deb nomlangan, keyin esa qayta nomlangan. Yuqori qismi Starship, raketa tezlatgich esa Super Heavy deb nomlangan.

Starship’ni yig‘ish ishlari 2018-yilning mart oyida boshlangan.