Daryo

Turkiya IShIDning ashaddiy terrorchisi qo‘lga olinganini ma’lum qildi

Vazirning aytishicha, terrorchi Suriya shimoli-sharqida o‘tkazilgan harbiy harakatlar davomida qo‘lga tushirilgan

1 daqiqa o‘qish52 372 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: UK Defence Journal

Turkiya IShID terrorchilik tashkilotining rahnamolaridan biri qo‘lga tushirilganini ma’lum qildi. Anqara bergan ma’lumotga ko‘ra, terrorchi Rossiya hamda Germaniyada uyushtirilgan teraktlarga rahbarlik qilgan, deb yozmoqda Hurriyet Daily News.

Foto: UK Defence Journal

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu nashrga bergan intervyusida hibsga olingan terrorchi Yusuf Hudaning IShID rahnamolaridan biri ekani, portlovchi qurilmalar yasagan hamda xudkushlar uchun bombali nimchalar tayyorlagan.

Vazirning aytishicha, terrorchi Suriya shimoli-sharqida o‘tkazilgan harbiy harakatlar davomida qo‘lga tushirilgan.

“Ektremist 2018-yilda Rossiya hamda Germaniyada amalga oshirilgan teraktlarga rahbarlik qilgan”, — deydi Turkiya ichki ishlar vaziri. Mavzuga doir:  Shuningdek, Sulaymon So‘ylu Yusuf Huda 20 ta teraktni amalga oshirishda aybdor ekanini bildirdi. Terrorchi xudkushlarni teraktga tayyorlash ishlarini ham olib borgan. Turkiya hukumati IShIDga qarshi kurash eng muhim vazifalardan biri ekani va bu ishni amalga oshirishda Suriya hududida harbiy operatsiyalar o‘tkazish lozimligini bildirgan. Mavzuga doir:  Avval Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Al-Bag‘dodiyning opasi, xotini, bolasi va boshqa qarindoshlari Suriyada qo‘lga olinganini bildirgan, keyinroq IShID sobiq yetkachisining jami 25 nafar qarindoshi hibsda ekani, shuningdek, Anqaraning harakatlari sabab qo‘lga tushirilgan Bag‘dodiyning yaqin kishisi yakunda IShID yetakchisi joylashgan manzil haqida ma’lum qilingan.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar