Daryo

Bahromjon Haydarov Andijon shahrining yangi hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish79 408 ko‘rishlar0 izoh0

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Sessiyasida shu kunga qadar shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelgan Bahromjon Haydarov lavozimiga rasman tasdiqlandi.

Bahromjon Haydarov joriy yil 26-avgust kuni Dilmurod Rahmatullayev o‘rniga shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi.

Dilmurod Rahmatullayev ijtimoiy tarmoqlarda behayo suratlar tarqalganidan so‘ng ishdan ketgandi. U 2016-yildan buyon Andijon shahriga hokimlik qilib kelgan.

Foto: Andijon viloyat hokimiyati matbuot xizmati

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov sobiq hokim Dilmurod Rahmatullayev ishiga salbiy baho berib, uni ko‘p marotaba ogohlantirganini alohida ta’kidlagan. Keyinchalik u 30 ga yaqin holatda qonun talablariga zid hujjatlarni imzolagani aniqlangan.

Foto: Andijon viloyat hokimiyati matbuot xizmati

Bahromjon Haydarov 1972-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi iqtisodchi, moliyachi. 1995-yilda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti hamda 1998-yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Hokim etib tayinlanishidan avval viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatgan. Oilali, uch farzandning otasi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar