Daryo

Ukrainada ikki boshli chaqaloq tug‘ilishiga tashqi omillar ta’sir qilganligi taxmin qilindi

Mazkur holatni genetik xato emas, balki ultratovush ta’siri yoki ayrim dorilar iste’moli keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin

1 daqiqa o‘qish58 376 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Ukrainada bir tana va ikki boshli Siam egizaklari tashqi omillar ta’sirida tug‘ilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi akusherlik va ginekologiya instituti laboratoriya mudiri, genetik olim Vladislav Baranov ma’lum qildi.

Foto: “RIA Novosti”

Uning aytishicha, mazkur holatni genetik xato emas, balki ultratovush ta’siri yoki ayrim dorilar iste’moli keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin. Embrion noto‘g‘ri rivojlanayotganini esa homiladorlikning beshinchidan o‘ninchi haftasigacha bo‘lgan muddatda aniqlash mumkin edi.

Baranovga ko‘ra, qizlar uzog‘i bilan bir necha oy yashashi mumkin. Bir yurakka ega egizaklarni operatsiya qilish mumkin, biroq u o‘ta murakkab va qimmat turadi.

Mavzuga doir: Ukrainada ikki boshli chaqaloq tug‘ildi

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar