Ukrainaning Chernovsi shahrida 28-sentabr, shanba kuniga o‘tar kechasi Siam egizaklari tug‘ilgani qayd etildi. Bu haqda “UNIAN” xabar bermoqda.

Foto: “UNIAN”

Shifokorlarga ko‘ra, qizlar bir tana va ikki boshga ega. Ularning onasi uchun bu birinchi homiladorlik bo‘lgan.

Ayol homiladorlik chog‘ida Siam egizaklarini dunyoga keltirishi aniqlangan, biroq u homilasini oldirib tashlashdan voz kechgan.

Tug‘ruqlar erta — homila 33 haftaligida boshlangan. Hozirda Siam egizaklari tug‘ruqxonada bo‘lib turibdi, biroq shifokorlar ularni bolalar kasalxonasiga olib o‘tishga hozirlik ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Siam egizaklari tug‘ilishi nafaqat Ukraina, balki dunyoda ham kamdan-kam uchraydigan hodisa hisoblanadi.