• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Geologlar inklar Machu-Pikchu shahrini qurish uchun ulkan toshlarni qanday qilib yuqoriga olib chiqqanini aniqladi

    Zamonaviy peruliklar “biz sir saqlashni bilamiz, buni Machu-Pikchu misolida ko‘ring” degan hazil gapni aytadi. Buning sababi, baland tog‘ cho‘qqisida joylashgan ushbu shaharni ular haqiqatan ham 1911-yilgacha, ya’ni samolyotlar tog‘lar ustidan ucha boshlagan zamonlargacha o‘zgalar ko‘zidan pana tuta olgan. Machu-Pikchuni “bulutlar qo‘ynidagi shahar” ham deyishadi. Chunki u haqiqatan ham tog‘ning eng baland cho‘qqisida – 2 450 metr balandlikda joylashgan. Uni uchuvchilar ko‘rib qolgandan keyin 1911-yilning 24-iyulida Yel universiteti professori Uilyam Bingem yetib borib, mavjudligini aniqlagan. Bungacha esa shahar deyarli 400 yil mobaynida ko‘zdan pana bo‘lib, oxirgi marta bu yerda XVI asrda ink imperiyasi hindulari turli marosimlar o‘tkazgan va asosan o‘zlarining Quyosh ma’budi Intiga ibodat qilish bilan mashg‘ul bo‘lgan.

    Janubiy Amerikani xonavayron qilgan ispan konkistadorlarining qadami bu joylarga yetib kelmagan bo‘lsa-da, keyinchalik bu shahar ham bo‘shab qolgan. U XV asrda inklar imperatori Pachuketek Yupanki tomonidan barpo etilgani haqida tarixiy dalillar bor. Shahar shunday noqulay joyda – tog‘ cho‘qqisida barpo etilganidan tashqari uning bino va inshootlari o‘zaro o‘ta mustahkam va katta aniqlikda jipslashib turuvchi tosh devorlardan qurilgani ham kishini hayratga soladi. Boz ustiga, uni uch tomonidan chuqur dara o‘rab turadi va shaharga chiqish joyi faqat bir tarafda, juda tor tog‘ so‘qmog‘idan boradi.

    Shahar eng gullagan davrida ham uncha katta bo‘lmagan. Unda taxminan 1 200 kishi istiqomat qilgan. Shunga qaramay, unda ta’minot va ayniqsa kanalizatsiya tizimi o‘ta mohirona bajarilgan. Tosh devorlarni ko‘rib esa har qanday mohir usta quruvchi ham tan bermay iloji yo‘q. Bunday toshlarni qanday qilib shunday tik tog‘ cho‘qqisiga tashib chiqishgani va ayniqsa ularga qanday usul bilan shunchalik mohirona ishlov bera olishgani juda sirli faktdir. Axir u qurilgan zamonlarda nafaqat hindularda, balki o‘zini “eng taraqqiy etgan madaniyat” deb hisoblagan yevropaliklarda ham na yuk ko‘targich kran, na tosh taroshlash stanogi bo‘lgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Aftidan, Braziliyaning Rio-Grande-du-Sul federal universiteti olimi Rualdo Mengat boshchiligidagi ilmiy guruh buning sirini aniqlagan ko‘rinadi. Harholda ularning 23-sentabr kuni Feniks shahrida bo‘lib o‘tgan Amerika geologiya jamiyati yig‘ilishidagi ma’ruzasidan shunday xulosa kelib chiqmoqda. Bu haqda tashkilot saytida kichik maqola ham e’lon qilgan.

    Ta’kidlanishicha, Machu-Pikchuning bunday g‘alati va ajib joylashuvi sababi uning qoq tagida bo‘lgan tektonik plitalar tutashuviga bog‘liq ekan. Bu joyda, chuqur yer qa’ridagi tog‘ tagida tektonik plitalarning bir-biri bilan to‘qnashuvlari sodir bo‘lgani uchun million yillar mobaynida toshlar tabiiy ravishda qurilish uchun qulay o‘lcham va shakllarga kelib qolgan ekan. Yoriqlardan esa toshni qazib olish va unga ishlov berish ancha oson bo‘lgan. Ya’ni inklar toshni pastdan tashib chiqmagan va unga maxsus sayqallab ishlov berishga uncha ko‘p mashaqqat sarflamagan ekan. Tabiatning o‘zi ularga tayyor dastyor bo‘lgan. Ink ustalari mavjud toshlardan shu darajada mohirona foydalanganki, toshlar xuddi pazzl donalaridek bir-biriga o‘ta ideal kirishib, mustahkam o‘rnashgan. Machu-Pikchuning barcha binolaridagi devorlarda toshlar hech qanday zichlovchi-yopishtiruvchi qorishmasiz, shundoq o‘zaro jips joylashtirish orqali barpo qilingan. Bu ham hech qanday tasodif emasligini Rualdo Mengat alohida ta’kidlagan.

    Ekspeditsiya sun’iy yo‘ldosh yuborgan tasvirlarni o‘zidagi geologik tadqiqot materiallari bilan uyg‘unlashtirib, mahalliy tog‘ qa’rining geologik yoriqlari xaritasini tuzib chiqqan. Unga ko‘ra, aynan Machu-Pikchu tagida, tog‘ ichkarisida, shimoliy-sharqdan janubi-g‘arbga yo‘nalgan yoriq bilan shimoliy-g‘arbdan janubiy-sharqqa yo‘nalgan yer osti tektonik yoriqlari uchrashar ekan. Ayrim yoriqlarning uzunligi 175 kilometrgacha borishi aniqlangan. Qizig‘i shundaki, Rualdo Mengat ekspeditsiyasi shundan keyin inklarning boshqa shaharlarini, xususan, Olyantaytanbo, Kusko va Pisak ostidagi tog‘ geologiyasini ham o‘rgangan. Ma’lum bo‘lishicha, inklar bu shaharlarni ham aynan shunday tektonik yoriqlar to‘qnashgan joylar ustida qurgan ekan! Ular orasida aynan Machu-Pikchu eng sifatli qurilgan tosh-shahar bo‘lib, shaharning kanalizatsiya tizimi ham aynan o‘sha yoriqlarga suvni yo‘naltirish evaziga ta’minlangan. Bu ayniqsa Machu-Pikchu joylashgan hududda tez-tez sodir bo‘ladigan tropik sharros yomg‘irlar mavsumida o‘ta muhimdir.

    Yuqorida ham aytilganidek, Machu-Pikchu XX asr boshigacha o‘zga ko‘zlardan panada bo‘lgan va shu sababli ham juda yaxshi saqlangan. 1911-yilda bu joyga Yel ekspeditsiyasi yetib kelishidan oldin uni kimsasiz bo‘lsa kerak degan xayol bilan yo‘lga chiqqan edi. Chunki shaharning mavjudligini samolyotdan ko‘rib qilinmagunicha u haqda hatto Peru hukumatining o‘zi ham hech narsa bilmagan. Biroq Bingem ekspeditsiyasining o‘zi Machu-Pikchuni topa olmagan. Shundan keyin ular mahalliy hindular orasidan bir o‘smir bola yo‘lboshlovchiligida toqqa chiqqan va shaharni topgan. Bu yerda dehqonlarning kichik jamoasi yashayotganini ko‘rishgan. Ular olimga bu yerdagi manzilni hech kim bilmasligini va shu sababli ularni hech kim soliq, harbiy xizmat va hokazolar bilan bezovta qilmasligini aytishgan.

    29.09.2019, 12:48   Izoh (0)   32262
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yuqori sinf o‘quvchilarining ta’lim dasturini ixtiyoriy tanlashiga ruxsat berilishi mumkin

    20.09.2019, 15:25

    O‘zbekiston OTMlariga 1000 ta eng yaxshi universitet reytingidan joy topilmadi

    19.09.2019, 20:43

    O‘rta Osiyoning o‘n ming yillik tarixiga oid yangi faktlar aniqlandi. Kashfiyotga o‘zbek olimlari ham hissa qo‘shdi

    10.09.2019, 18:45

    Odam immun tanqisligi virusidan (OIV) himoyalanishning yangi usuli topildi

    09.09.2019, 10:12

    Rossiyalik biolog genomni tahrirlash tajribasida ishtirok etadigan ko‘ngillilarni topdi

    06.09.2019, 09:28

    Olimlar qadimgi odamning yuz ko‘rinishini tikladi

    29.08.2019, 10:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 16:38

    “AQSHda dori narxlari 1500 foizgacha arzonlashtiriladi” — Tramp

    Dunyo | 5 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda dollar kursi yana tushdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 16:13

    O‘zbekistonda bolalar bog‘chaga qanday joylashtiriladi? Ota-onalar uchun qo‘llanma

    Farzand | 5 avgust, 16:10

    Moskvadagi reydda 300 nafar migrant ushlandi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 16:00

    “Real” 2026-yilda “Liverpul” himoyachisini sotib oladi

    Sport | 5 avgust, 15:45

    “Dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan davlatlarga jahon iqtisodiyotida teng sharoitlarda ishtirok etish imkoniyatini ta’minlash kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 5 avgust, 15:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.