Daryo

Andijon shahrining sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev: Men haqimda tarqalgan murojaat va muloqotlar yolg‘on (video)

“Buni Andijon shahri, viloyati va rahbariyatining obro‘siga putur yetkazish, deb o‘ylayman. Buni qoralayman, la’natlayman”, — deydi Rahmatullayev

1 daqiqa o‘qish174 510 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Andijon shahrining sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev ijtimoiy tarmoqda videomurojaat yo‘llab, so‘nggi voqealarga munosabat bildirdi.

Foto: “Daryo”

Uning aytishicha, “tarqalgan murojaat va muloqotlar yolg‘on”.

“Buni Andijon shahri, viloyati va rahbariyatining obro‘siga putur yetkazish, deb o‘ylayman. Buni qoralayman, la’natlayman”, — deydi Rahmatullayev.

Sobiq hokim masalaga oydinlik kiritish uchun o‘zi bilan bog‘lanish, suhbat uyushtirishni taklif etgan.

Eslatib o‘tamiz, Dilmurod Rahmatullayev 26-avgust kuni bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Andijon shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida lavozimidan ozod etilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar