Toshkentda 2019—2021-yillarga mo‘ljallangan tarkibiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha Iqtisodiy kengashning birinchi majlisi o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA
Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi Kengash tarkibiga Bosh vazir o‘rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Begzod Mavlonov, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidova, Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov boshqalar kiritildi.
Majlisda qator vazirlik va idoralar, xalqaro moliya institutlari, jumladan, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, BMT Taraqqiyot dasturi vakillari ham ishtirok etdi.
Ishtirokchilar 2019—2021-yillarda amalga oshirilishi kutilayotgan islohotlarning ustuvor 9 yo‘nalishini belgilab oldi.
Makroiqtisodiy barqarorlik, energetika tarmog‘ini mustahkamlash, inson kapitali va ijtimoiy himoya omillari, xususiy sektorni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, tashqi va ichki savdo hamda transportni rivojlantirish, barqaror urbanizatsiya, shaharlar taraqqiyotini jadallashtirish yo‘nalishlari shular jumlasidandir.
Izoh (0)