Daryo

Rossiyaning Samara viloyatida 46 nafar o‘zbekistonlik zaharlandi

Ma’lumotlarga ko‘ra, 60 nafar o‘zbekistonlik Koshelevka qishlog‘iga qishloq xo‘jaligi ishlariga kelgan

1 daqiqa o‘qish83 305 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Uz24”

16—17-iyul kunlari Rossiyaning Samara viloyati, Sizran tumani Koshelevka qishlog‘ida 46 nafar o‘zbekistonlik zaharlanish natijasida shifoxonaga tushgan. Bu haqda Uz24 xabar qiladi.

Foto: Uz24

Ma’lumotlarga ko‘ra, 60 nafar o‘zbekistonlik Koshelevka qishlog‘iga qishloq xo‘jaligi ishlariga kelgan. Ular chekkaroqda yashab, o‘zlariga ovqat tayyorlab yurishgan. Hozirda zaharlanganlarning ahvoli yengil va o‘rta og‘irlikda deb baholanmoqda.

Rossiya tergov qo‘mitasining hududiy boshqarmasi ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining zaharlanishi yuzasidan tergovgacha tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Hodisa tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar