Daryo

O‘zbekiston IIV rahbariyatida o‘zgarishlar yuz berdi

Vazirning birinchi o‘rinbosari almashdi

1 daqiqa o‘qish140 568 ko‘rishlar0 izoh0
Doniyor Qodirov. Kadr: “O‘zbekiston” telekanali

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar yuz berdi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Polkovnik Aziz Anvarovich Toshpo‘latov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Aziz Toshpo‘latov.Foto: Samarqand viloyati hokimligi

U 2017-yil noyabridan beri Samarqand viloyati IIBga rahbarlik qilib kelayotgan edi, bungacha 2015—2017-yillarda Namangan viloyati IIB boshlig‘i sifatida ishlagan.

Davron Nazarmuhamedov.Foto: “Gazeta.uz”

Bungacha vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida (2014-yil sentabridan beri) ishlab kelgan general-mayor Davron Obitovich Nazarmuhamedov Xorazm viloyati IIB boshlig‘i bo‘ldi.

Doniyor Qodirov.Kadr: “O‘zbekiston” telekanali

Polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Qodirov ichki ishlar vazirining turizm obyektlari va transportda xavfsizlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i edi.

Doniyor Toshxo‘jayev.Foto: “Gazeta.uz”

Polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev vazir o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i etib tayinlandi. “Gazeta.uz”ning yozishicha, u bungacha 2019-yil yanvaridan beri Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i, avvalroq esa IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Toshxo‘jayev yangi lavozimda Akromxon Boboxonovni almashtirdi (u 2017-yil martidan beri bu lavozimda edi).

Bundan tashqari, polkovnik Shavkat Navro‘zovich Rahmonov Samarqand viloyat IIB, polkovnik Shavkat Tohirovich Mavlonov esa Sirdaryo viloyati IIB boshliqlari etib tayinlandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar