Daryo

Toshkentdagi “Siroj Solih” jome masjidining yangi binosiga birinchi g‘isht qo‘yildi

Shu yilning yanvar oyida masjidda qayta qurish ishlari boshlab yuborildi

1 daqiqa o‘qish33 226 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Bugun, 29-may – Ramazon oyining fayzli kunida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Toshkent shahri Olmazor tumani “Siroj Solih” jome masjidining yangidan barpo etilayotgan binosining birinchi g‘ishtini qo‘yib berish uchun tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Jome masjid poydevoriga tamal toshini qo‘yish jarayonida muftiy ushbu masjid mo‘min-musulmonlar uchun ziyo va hidoyat tarqatuvchi, yoshlar ma’rifati yuksalishida hissa qo‘shadigan dargoh bo‘lishini tilab, duo-xayrlar qildi.
Toshkent shahrining Qora-qamish mavzesidagi “Siroj solih” jome masjidi 1990-yillarda Sobiq sho‘rolar davridagi qatag‘on siyosati oqibatida o‘z yurtidan chiqib ketishga majbur bo‘lgan Sirojiddin Solih ismli kishining vasiyatiga ko‘ra, u kishining mablag‘lari hisobidan qurilgan.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Qariyb 30 yil mobaynida masjid ta’mirtalab holga kelib qoldi. Qolaversa, oxirgi paytlarda masjid jamoati sezilarli darajada ortib, xonaqoh torlik qilayotgan edi. Mahalla ahli ezgu niyat bilan masjidni qayta qurish taklifini ilgari surdi. Ushbu xayrli tashabbus mutasaddi tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangach, shu yilning yanvar oyida masjidda qayta qurish ishlari boshlab yuborildi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

2000 metr kvadrat maydonida quriladigan masjid loyihasi o‘ziga xosligi, milliy hamda zamonaviy masjidlarning uslublarini o‘zida aks ettirganligi bilan ajralib turadi. Xonaqoh va pastki qism jami 3500 namozxonni sig‘dirishga mo‘ljallangan. Shuningdek, ayollar uchun alohida tahoratxona va namozxona o‘rin olishi rejalashtirilgan.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Tadbirda ulamolar, mahalla faollari, mo‘ysafid otaxonlar va keng jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.