Daryo

Avstraliyadagi yakkashox qo‘y (foto)

Avstraliyada noyob va ajoyib hayvonlar ko‘p

1 daqiqa o‘qish111 062 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Travel Ask

Avstraliyada noyob va ajoyib hayvonlar ko‘p. Endi esa ertaknamo afsonaviy yakkashox ham paydo bo‘ldi. Bu haqda Travel Ask xabar berdi.

Foto: Travel Ask

Avstraliyalik Maykl Foster ko‘p yillardan beri fermerlarga hayvon olib-sotishda yordam beradi. Lekin u yakkashox qo‘yni birinchi marta ko‘rdi. Egasi qo‘yni tez orada so‘ymoqchi ekanini aytgan, ammo Maykl qo‘yga achingani uchun uni o‘ziga olgan.

Foto: Travel Ask

Agar qo‘yga yaxshilab e’tibor berilsa, uning ikkinchi shoxi ham borligini ko‘rish mumkin. Shunchaki u o‘smay qolgan. Ammo birinchi shox boshining o‘rtasidan o‘sib chiqqan.

Foto: Travel Ask

Maykl o‘zi bilan olib ketgan qo‘yni haqiqiy yulduzga aylantirmoqchi: uni ko‘rgazmalarda namoyish qilmoqchi. Hozircha esa ushbu afsonaviy hayvon mahalliy xalq orasida shuhrat qozondi.

Foto: Travel Ask
Foto: Travel Ask
Foto: Travel Ask
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.