Daryo

Jizzax viloyati FVB G‘allaoroldagi suv toshqini yuzasidan axborot berdi (foto)

Juma qishlog‘idagi ko‘prik hamda elektr uzatish tarmoqlari 23—24-aprel kunlari sel kelishi natijasida shikastlangan

1 daqiqa o‘qish154 088 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Jizzax FVB

Aprel oyida O‘zbekistonda, xususan Jizzax viloyatida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ldi. Buning oqibatida tog‘li hududlarda  sel kelib, aholiga  qiyinchiliklar  tug‘dirdi. Bu haqda Jizzax viloyati FVB xabarida aytiladi.

Foto: Jizzax FVB

Bu holatda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan aholiga doimiy ravishda  tushuntirish ishlari bilan birgalikda  yordam berib kelinmoqda.

Foto: Jizzax FVB

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi  boshlig‘i  Sohib Qudratovning ma’lum qilishicha Juma qishlog‘idagi ko‘prik hamda elektr uzatish tarmoqlari 23—24-aprel kunlari sel kelishi natijasida shikastlandi. 25—26-aprel kunlari boshqarmaning mas’ul xodimlari hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va bartaraf etish Davlat tizimi  xizmatlari tomonidan  tezkor olib borilgan ishlar natijasida barcha kamchiliklar joyida bartaraf etilib, ishlar davom ettirilmoqda.

Foto: Jizzax FVB

Avvalroq Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Juma qishlog‘ida kuchli suv toshqini kuzatilgani xabar berilgan edi.

Foto: Jizzax FVB
Foto: Jizzax FVB
Foto: Jizzax FVB
Foto: Jizzax FVB
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar