Joriy yilning 7-aprel kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Mirobod tumanida yashovchi S.Yo. ismli ayolning uyi oldida qarovsiz qoldirilgan Lacetti rusumli avtomashinasini haydab qochgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar beradi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chilonzor tumani 20-“A” dahada yashovchi R.F. va Uchtepa tumani 23-dahada yashovchi Sh.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, hibsga olindi. Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)