Daryo

Abdulaziz Komilov yangi tayinlangan Turkiya elchisini qabul qildi

Uchrashuv davomida yangi elchi Abdulaziz Komilovga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

1 daqiqa o‘qish18 058 ko‘rishlar0 izoh0
Mehmet Sureyya Er Foto: TIV

30-yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya elchisi etib tayinlangan Mehmet Sureyya Erni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Mehmet Sureyya ErFoto: TIV matbuot xizmati

Uchrashuv davomida yangi elchi Abdulaziz Komilovga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Suhbat davomida ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi, boshlangan yildagi qo‘shma tadbirlar rejasi va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, 2019-yilda O‘zbekiston—Turkiya siyosiy muloqotining asosiy voqeasiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar