Forbes jurnalining hisobiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp 2018-yilda 35 million dollarga teng ko‘chmas mulk obyektlarini sotdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu summaning yarmidan ko‘pi, ya’ni 20 million dollar Nyu-Yorkdagi turar joy majmuasi savdosidan olingan. Yana Las-Vegasda joylashgan minoraning ichki obyektlarining savdosidan 5,5 million dollar tushgan.
Forbes tahminicha, hozirda Trampning yana 437 million dollarga teng ko‘chmas mulki bo‘lishi mumkin.
Oldinroq Tramp so‘nggi yillarda katta mol-mulkdan mahrum bo‘lganidan noligandi. Bunga sabab qilib bir vaqtning o‘zida ham biznes yuritish, ham prezidentlik qilish ilojsiz ekanini ko‘rsatgan.
Izoh (0)